Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shu vaqtgacha Samarqand shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Oblaqulov Boburmirzo Salomovich Samarqand shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Boburmirzo Oblaqulov 1972 yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1989 yil Samarqand shahar 31-umumta’lim maktab tamomlagan,

1991−1995 yillarda Samarqand davlat universitetida o‘qigan, mutaxassisligi huquqshunos. Samarqand shahar prokurorligidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Samarqand viloyat prokuraturasida faoliyat ko‘rsatgan. Pastdarg‘om, Oqdaryo tumanlarida prokuror lavozimida ishlagan.