25 may kui Mordoviya Respublikasi (Rossiya) hududidan o‘tadigan M5 «Ural» trassasida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi ketayotgan Chevrolet Spark (O‘zbekiston davlat raqami 50 N982 NA) avtomobili yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalish qismiga o‘tib ketib qarshisidan kelayotgan yuk mashinasiga urilib ketdi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati Qozon shahridagi bosh konsulxona ma’lumotiga tayangan holda.

Natijada haydovchi Dadaxonov Nosirjon Toshmurodovich (12.11.1961-y. t.) va yo‘lovchi Jamoliddinov Dilshodbek Tursunbek o‘g‘li (05.05.1991-y.t.) olingan jarohatdan voqea joyida vafot etdi.

Fuqarolar Qodirov Abdug‘affor Abdujabborovich (13.01.1969-y.t.) va Xoliqov Abdiqodir Abdumalikovich (02.07.1969-y.t.) Zubova Polyana tuman shifoxonasiga jarohat bilan yotqizilgan. Ularning holati, tibbiyot xodimlari bergan ma’lumotga ko‘ra, og‘ir barqaror.

Bosh konsulxona tomonidan mahalliy hukumat organlari bilan aloqa o‘rnatilgan va vaziyat nazoratga olingan, deyiladi xabarda.