Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi o‘z binosida, ochiq sud majlisida yoshi bir joyga borib qolsada, jinoyat yo‘liga kirgan sudlanuvchi R. N. ga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi raisi Jamolbek Jumaniyozov «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

R. N. 2018 yil mart oyida o‘zi yashab kelayotgan Buxoro shaxar «Razzoq Xamroyev» ko‘chasi 67-uyning tomarqa yerini 1×1 kv. m maydoniga makkajo‘xori o‘simliklari orasiga taqiqlangan ekin hisoblangan, tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan 2 to‘p kannabis o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, o‘simliklarni 2018 yil oktyabr oyiga qadar parvarishlab yetishtirib olgan.

R. N. kannabis o‘simliklari barglarini quritib maydalab marixuana giyohvandlik vositasini tayyorlab, uni sotish maqsadida Buxoro shahar Jo‘ybor ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat savdo do‘koni oldida sotmoqchi bo‘lgan.

2018 yil 29 noyabr kuni soat taxminan 15−00 larda Buxoro viloyat IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan Buxoro shahri hududida «nazorat tartibida giyohvandlik vositalarini sotib olish» uchun maxsus tadbir o‘tkazildi.

Buxoro viloyat IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan o‘zining oldiga nazorat tariqasida giyohvandlik vositasini sotib olish uchun yuborilgan maxsus xaridor O. J. ga 800 000 so‘m pul evaziga og‘irlig‘i 9,23 grammni tashkil qilgan marixuana giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ushlangan.

Bundan tashqari, R. N. ning ko‘rsatmalari asosida 2018 yil 29 noyabr kuni soat taminan 16−00 larda yashash uyining yerto‘lasida 3 dona gugurt quti, gazeta bo‘laklari o‘rami va 2 dona polimer paketlarga alohida-alohida o‘rab joylashtirilgan, og‘irlig‘i 112,29 gramm marixuana borligi aniqlangan.

R. N. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan ayblandi va sud hukmi bilan uzil-kesil 3 yilu 6 oy ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlandi.