2019 yil 18 may kuni soat taxminan 14:00 larda Tayloq tumani Sochak mahallasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro D.Sh. benzin yoqilg‘isini ustidan quyib cho‘ntagidan o‘t yoqqich (zajigalka) olib o‘zini o‘zi yoqib, o‘z joniga suiqasd qilgan va yaqin qarindoshlari tomonidan qutqarib qolinib, RSHTYOIM Samarqand filialiga yotqizilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

RSHTYOIM Samarqand filiali tomonidan berilgan ma’lumotnomada, fuqaro Sh. D. II-III AB darajali 80% termik kuyishi, termoingalyatsion travma, kuyish shoki o‘ta og‘ir darajasi tashxisi qo‘yilganligi ko‘rsatilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan 2019 yil 19 may kuni soat taxminan 01:30 larda fuqaro D.Sh. RSHTYOIM Samarqand filialida vafot etgan.

Mazkur holatda jinoyat alomatlari mavjud yeki yo‘qligini aniqlash maqsadida 2019 yil 18 mayda O‘zbekiston Respublikasi JKning 103-moddasi 1-qismi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari Tayloq tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.