Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 maydagi qaroriga binoan yiliga 75 mln dona plastik kartochka ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy zavod qurish bilan Yagona umumrespublika protsessing markazi qo‘shma korxonasi va «Veridos GmbH» nemis kompaniyasi shug‘ullanadi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Qurilish 2019−2020 yillarda investorning o‘z resurslari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 2022 yildan boshlab ishlab chiqarish to‘liq loyiha quvvati bilan ishga tushirilgach, kamida 100 ta ish o‘rinlari yaratiladi. Mikroprotsessorli, kontaktsiz va boshqa plastik kartalar ishlab chiqarish uchun dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining yuqori texnologik uskunalari xarid qilinadi.

Bu 2018 yil 18 apreldagi prezident qarorida nazarda tutilgan ID-kartalar, hukumat mobil aloqa tizimi va transport vositalarini hisobga olishning zamonaviy tizimlarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni kafolatlashi lozim. Shuningdek, «assortiment"da nikoh tuzilganligi to‘g‘risida guvohnoma kartasi, sog‘liqni saqlash kartasi (tibbiy sug‘urta), ijtimoiy kartalar (nafaqaxo‘rlar, talabalar, kam ta’minlanganlar uchun), transport va maxsus kartalar (harbiy xizmatchilar va davlat xizmatchilari uchun) mavjud. Eksportni ishlab chiqarish umumiy hajmining 20%igacha bosqichma-bosqich yetkazish rejalashtirilayotir.

Loyihani amalga oshirish doirasida 2020 yil 1 iyungacha bo‘lgan muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish ham amalga oshiriladi, qo‘shma korxonaga 2021 yil 1 iyulga qadar soliq va bojxona imtiyozlari berildi.