1 sentyabrdan tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo, xalqaro va turistik yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda yo‘lovchilarni, shuningdek, bolalar guruhlarini tashish faqat maxsus jihozlangan xizmat avtomobillaridan foydalangan holda ichki ishlar organlari hamrohligida amalga oshiriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 22 maydagi yo‘lovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qarorida o‘z aksini topgan.

Hujjatga muvofiq, ichki ishlar organlari hamrohlik qiladigan avtobuslarga Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati xodimlari tomonidan pulli asosda xizmat ko‘rsatiladi. Qatnov yo‘liga chiqishdan oldin avtobuslarning texnik holati majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Qatnov yo‘llari bo‘yicha avtobuslarda yo‘lovchilarni tashishga litsenziya bitimlarida litsenziatning avtobuslarni haydovchining toliqqanligini nazorat qilish qurilmalari bilan ta’minlash majburiyati nazarda tutiladi.

Smenalar o‘rtasidagi dam olish 12 soatdan kamni tashkil etgan avtobuslar haydovchilarining safarga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, foydalanish muddati 15 yildan ortiq bo‘lgan avtobuslarда yo‘lovilarni tashishga litsenziya kartochkalari berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bolalar guruhlari, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarini soat 22:00 dan soat 05:00 gacha (noyabr-fevral oyilarida soat 21:00 dan soat 06:00 gacha) qatnov yo‘llari bo‘yicha tashishda avtobuslarning ichki ishlar organlari hamrohligisiz harakatlanishi taqiqlanadi, bolalarni temir yo‘l vokzallari, aeroportlargacha va orqaga tashish, shuningdek, yo‘llarda turib qolishga eng yaqin tunash joyigacha tashish bundan mustasno ekani belgilandi.

Ikki yoki undan ortiq avtobuslarda ekskursiya qiluvchi, turistik va boshqa guruhlarni tashish ichki ishlar organlari hamrohligida kolonna tarkibida amalga oshiriladi. Xayriya vakillari sirasiga kiradigan ekskursiya qiluvchi, turistik va boshqa guruhlarni tashishni bajaruvchi avtobuslarga hamrohlik qilish to‘lov to‘lanmasdan amalga oshiriladi.

Qaror bilan avtobuslar haydovchilari uchun tungi vaqtlarda harakatlanish bo‘yicha o‘quv курсларини tashkil etish hamda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimlariga rioya etilishi ustidan nazorat mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

2020−2035 yillarda xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarining tashqi yoritilishi dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan.