Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan dori mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqarolar S.S. va G. B.larning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida har ikkala fuqaroda deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, umumiy qiymati 131 million so‘mdan ortiqni tashkil etuvchi 4 turdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.