O‘zbekiston prezidentining 21 maydagi qarori bilan Shorahmedov Shohruh Shoturg‘unovich moliya vazirining davlat byudjeti masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Shohruh Shorahmedov (1977 yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1998) va Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini (1999) iqtisodchi, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasining Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investitsion va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish masalalari bo‘yicha bo‘linmasining bosh konsultanti lavozimida samarali faoliyat ko‘rstib kelgan. Moliya — iqtisod sohasidagi ish staji 18 yil.

Shohruh Shorahmedov ijtimoiy soha — ta’lim, sog‘liqni-saqlash, madaniyat va sport, shuningdek fan sohalari moliyasini yaxshi tushunadigan, byudjet mablag‘larini boshqarish va oqilona foydalanish tartib-qoidalarini, shuningdek davlat byudjet siyosatining istiqboldagi ustivor vazifalarini chuqur biladigan salohiyatli mutaxassis bo‘lib hisoblanadi, deyiladi xabarda.