Timur Aminjonovich Ishmetov O‘zbekiston moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinladi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi. 2017 yildan u Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari edi.

Timur Ishmetov 1979 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutini, 2005 yilda Birmingem universitetining International Money and Banking yo‘nalishida magistratura bosqichini, 2007 yilda -Toshkent yuridik universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 2017 yil apreligacha turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatdi. Jumladan, turli vaqtlarda MBning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti, Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar va Valyuta boshqaruvi va nazorati departamentiga rahbarlik qildi.

Moliya vazirining avvalgi birinchi o‘rinbosari Ahadbek Haydarov Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar etib tayinlangan edi.