Shu yil 15 may kuni soat 12.05 larda Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yashovchi 24 yoshli A.B. ismli ayol, birga yashovchi opasi 30 yoshli L.B. bilan birga 2019 yil 13 may kuni tug‘ilgan qizini Sayqal mahallasida 2 000 000 so‘mga sotayotgan vaqtlarida viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.