19 may kuni Sankt-Peterburgning Frunze tumanidagi kafeda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari pichoq jarohatini oldi, deya xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Rossiyadagi bosh konsulxona ma’lumotiga tayangan holda.

Ular: Ziyoyev Pahlavon Baxtiyorovich (15.10.1987 y. t.), Ziyoyev Shahriyor Baxtiyorovich (3.09.1986 y. t.), Ziyayev Anvar Axrorovich (7.07.1987 y. t.) va Mahmudov Abduaziz Majidovich (16.07.1995 y. t.)

Pahlavon va Shahriyor ZiyoyevJanelidze nomidagi Sankt-Peterburg ilmiy-tadqiqot instituti shifoxonasiga yotqizildi va jarrohlik bo‘limida.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 111-modda 3-qismi (qasddan salomatlikka og‘ir zarar yetkazish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Vaziyat bosh konsulxona nazorati ostida, deyiladi xabarda.