Yakshanba kuni kechqurun Tojikiston g‘arbidagi qattiq tartibli koloniyada g‘alayon ko‘tarildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Tartibsizliklar «Islom davlati» jangarilar guruhiga a’zolik uchun hukm o‘qilganidan so‘ng boshlandi. 29 mahbus va 3 qo‘riqchi halok bo‘ldi.

Tojikiston Adliya vazirligining xabar berishicha, 30 mahbusdan iborat guruh pichoq va boshqa o‘tkir jismlar bilan qurollangan holda qamoqxonaning uch qo‘riqchisini garovga olib, o‘zlarining ozod etilishini talab qiladi, so‘ngra ularni o‘ldiradi.

Koloniya xodimlari tartibni saqlashga buyuradi, biroq mahkumlar bo‘ysunmaydi va boshqa nazoratchilarga tashlanib, ularning ayrimlariga jarohat yetkazadi.

Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ma’muriyat vaziyatni barqarorlashtirish uchun qat’iy choralarni ko‘radi. Hozirda vaziyat nazorat ostida. Tergov organlari ishni tekshirmoqda.

Qamoqxona Vahdat shahrida, Dushanbedan 15 km janubi-sharqda joylashgan. Unda 1500 nafarga yaqin mahkum saqlanmoqda.