Hukumatning 2019 yil 13 maydagi qarori bilan Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari bo‘yicha tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan kafolatlar berilishi va muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Nizomga muvofiq, kafolatni olish uchun shirkatlar tuman hokimligiga tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.

Hokimliklar 1 ish kunida hujjatlarni uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limiga va moliya bo‘limiga yuboradi.

Mazkur organlar 5 ish kunida:

tanqidiy mulohazalar bo‘lganida — rad etish sabablarini ko‘rsatib hujjatlarni takroran taqdim etish uchun muddatni ko‘rsatib hokimlikka yuboradi;

tanqidiy mulohazalar bo‘lmaganida — loyihalarning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosani hokimlikka yuboradi.

Hokimliklar 5 ish kunida shirkatlarga kafolat berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Shirkatlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelganida tijorat banki 3 ish kunida hokimliklarni xabardor qiladi.

Hokimlik 5 ish kunida xatni ko‘rib chiqadi va shirkatning qarzini bankka qaytarish bo‘yicha qaror qabul qiladi.


https://t.me/huquqiyaxborot