Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17-may kuni “Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 412-son qaror qabul qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga binoan Kattaqo‘rg‘on tumanida 2019−2021-yillarda umumiy qiymati 340 mln AQSH dollarilik yillik 2,4 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan sement zavodi — “Hengyuan cement” qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

“Hengyuan cement” qo‘shma korxonasi 2020-yil 1-oktyabrga qadar:

“Hengyuan cement” QK va uning subpudrat tashkilotlari tomonidan chetdan olib kelinadigan, shu jumladan, “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallar, mashina va mexanizmlar, maxsus transport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi uzellar, priborlar va instrumentlar, texnik va loyiha hujjatlari belgilangan tartibda shakllaptiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha bojxona to‘lovlarini (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan;

import qilinadigan materiallar, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik jixozlar, priborlar, extiyot kismlar, instrumentlar — majburiy sertifikatlash tartibotidan ozod qilindi.