O‘zbekistonda Saudi Aramco Saudiya davlat kompaniyasiga tegishli ikkita neft nasos-kompressor stansiyasiga qarshi uchuvchisiz qurilmalar aksiyalari tashvish bilan qabul qilindi, deya xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

RIA Novostining xabar qilishicha, 14 may kuni Saudiya Arabistoni sharqidagi neft konlaridan g‘arbiy qirg‘oqdagi portga eltuvchi neft quvuri portlovchi moddalar o‘rnatilgan uchuvchisiz qurilmalar hujumiga uchradi. Ikkita nasos stansiyasiga shikast yetishi natijasida neft quvurida xom ashyo yetkazib berish to‘xtatilgan.

«Mazkur provokatsiyalar neft stansiyalarida ishlovchi insonlar hayotiga jiddiy tahdid soladi», — deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida. Vazirlik dunyo hamjamiyatini barqaror neft yetkazib berishga va dunyo iqtisodiyoti rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shu kabi harakatlarga bundan keyin yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Yamanning «Ansor Alloh» (xusitlar) harakati neft quvuriga hujumdan so‘ng qirollikka asosiy ob’ektlarga yangi hujumlar uyushtirilishi haqida tahdid qildi. Saudiya Arabistoni Vazirlar kengashi neft quvurlariga qarshi terroristik hujumlar nafaqat qirolikka, balki energetik resurslar xavfsizligi va jahon iqtisodiyotiga qarshi qaratilganini ma’lum qildi.