Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari aprel oyida kvadrat metri uchun 658 sh. b. ni tashkil etdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga taqdim etgan hisobotida so‘z boradi. Narxlar noyabrdan buyon ilk bor o‘sdi, o‘shanda o‘rtacha narxlar 647 sh. b. ni (martdagi kabi) tashkil etgan edi.

Oy yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartiralar narxi 2 foizga o‘sib, 713 dan 727 sh. b. ga yetgan bo‘lsa, panel turdagilari narxi 1 foizga oshib, 612 dan 621 sh. b. ga ko‘tarildi.

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 651 sh. b. (o‘zgarishsiz), ikki xonali — 641 (+1 foiz), uch xonali — 661 (+1 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 663 (+1 foiz).

Ma’lumot uchun: Narxlar faqatgina axborot maqsadlari uchun mo‘ljallangan. Narxlar dom.vsem.uz va uybor.uz internet manbalari tomonidan taqdim etilgan. Taklif etilayotgan qiymatlar barcha ma’lumotlar bazasidan tanlab olingan sotuvchilar bilan o‘tkazilgan muzokaralar asosida ishlab chiqilgan.