15 may kuni soat 12:40 da Samarqand viloyati Tayloq tuman IIB HPB IIO profilaktika katta inspektori A.S. 420-sonli militsiya tayanch punktidagi xizmat xonasida fuqaro N.M.dan tuman hokimining binoga bo‘lgan egalik qilish haqidagi qarorini chiqartirib berish evaziga oldindan kelishilgan 70 ming AQSH dollaridan 60 ming dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, mazkur holat yuzasidan 15 may kuni viloyat prokuraturasi tomonidan A.S.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.