Joriy yilning 20−27 may kunlari Namangan viloyatida joylashgan «G‘urumsaroy» poligonida birinchi marta O‘zbekiston hamda Belarus Respublikalari qurolli kuchlari hamkorligida «Jangovar hamdo‘stlik-2019» maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi vaBelarus Respublikalari o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasiga asosan tashkil etiladi.

Tajriba va malaka almashuv bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlarning barchasi «G‘urumsaroy» poligoni hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlash kerakki, 22−27 aprel kunlari «Forish» tog‘ dala o‘quv maydonida O‘zbekiston Pokiston vaTurkiya qurolli kuchlari bilar hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgandi.