16 may kuni Komiljon Rahimov 73 yoshda hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

Komiljon Rahimov 10 yil davomida — 1985−1995 yillar davomida O‘zbekiston Aloqa vaziri lavozimida, 1995 -1998 yillar davomida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan.

U 1946 yil 23 fevralda Urganchda tavallud topgan. 1969 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan, 1969−1971 yillarda Baykal orti harbiy okrugida harbiy xizmatni o‘tagan, 1971 yildan 1976 yilgacha Urganch telefon aloqa uzeli bosh muhandisi lavozimidan Xorazm viloyati pochta-telegraf aloqa uzeli boshlig‘i lavozimigacha bo‘lgan mehnat yo‘lini bosib o‘di.

Nafaqaga chiqquniga qadar Komiljon Rahimov «O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi bosh direktori va «Kamalak-TV» bosh direktori maslahatchisi lavozimlari faoliyat ko‘rsatgan.