AQSH Savdo vazirligi «faoliyati AQSH milliy xavfsizligiga zid keluvchi» Xitoyning Huawei telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchisini qora ro‘yxatga kiritishga qaror qildi, deya xabar berdi BBC Rus xizmati.

Kompaniya bilan birga, uning «faoliyati AQSH milliy xavfsizligiga zid keluvchi» yana 70 ta bo‘linmasi ham qora ro‘yxatga kiritildi. Huawei qandaydir uskunani yetkazib beradigan Amerika ishlab chiqaruvchisida Amerika hukumatining maxsus litsenziyasi bo‘lishi talab etiladi.

AQSH hukumati Huawei kompaniyasini Amerika sanksiyalarini aylanib o‘tgan holda Eronga taqiqlangan moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatganlikda, shuningdek ushbu qoidabuzarliklarni tergov qilish jarayonida AQSHga to‘sqinlik qilishga uringanlikda ayblamoqda.

Avvalroq, chorshanba kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Amerika axborot-kommunikatsiya infratuzilmalarini tashqi tahdidlardan himoya qilish uchun favqulodda vaziyatni joriy etishni ko‘zda tutgan farmonni imzoladi. Biroq farmonda hech qanday aniq bir kompaniya nomi tilga olinmagan.