Bugun Samarqand shahrida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasman xabar berdi, deyiladi Zarnews.uz tarqatgan ma’lumotda.

2019 yil 16 may kuni soat 09:30 larda haydovchi Payariq tumani Bobur mahallasida yashovchi Orif Axmatov boshqaruvida bo‘lgan «Midibus» rusumli 30 324 VAA davlat belgili avtobus Ma’rifat ko‘chasi tomondan Imom Al-Buxoriy ko‘chasi tomonga boshqarib borayotgan vaqtida Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasida yashovchi Jahongir Xolbekov boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida «Spark» haydovchisi J.Xolbekov chap o‘mrov suyagi sinishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Avtobus yo‘lovchilari — Zarifa Ergasheva o‘ng qo‘l bilak suyagining yopiq sinishi, Mahbuba Qodirova esa chap umrov suyagining sinishi kabi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.