WhatsApp messenjerida telefonlarga zararli dasturiy ta’minotni o‘rnatishga imkon beruvchi kamchilik aniqlandi, deya xabar qildi Meduza.

Viruslar qurilmaga WhatsApp qo‘ng‘iroqlari yordamida o‘rnatilgan, bunda foydalanuvchi qo‘ng‘iroqlarga javob bera olmagan, dastur esa avtomat ravishda o‘rnatilgan. Shuningdek, qo‘ng‘iroqlar ro‘yxatida ushbu qo‘ng‘iroq to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanib qolmagan.

Virus Isroilning maxsus xizmatlar, jumladan Isroil Mudofaa vazirligi uchun dasturiy ta’minotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan NSO Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgani ma’lum bo‘ldi. Kompaniya o‘z ishlanmalaridan foydalanmasligini, buyurtmachilar uchun esa javob bermasligini ma’lum qilib, ichki tekshiruv o‘tkaza va’da berdi.

WhatsApp hujumlar bo‘lib o‘tganini tasdiqladi va ular sanoqli foydalanuvchilarga qaratilgani, uning ortida maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qiluvchi xususiy kompaniya turganini qayd etdi.

Kamchilik 13 may kuni chiqarilgan ilovaning so‘nggi talqinida bartaraf etildi. Foydalanuvchilarga dasturni yangilash tavsiya etildi.