2019 yil 12 may kuni soat taxminan 16:00 larda Samarqand shahrida yashovchi, umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi P.R. (2004 y.t.) Samarqand shahar Beruniy ko‘chasidagi «Yoshlik istirohat bog‘i"da yiqilib, tan jarohati olgan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga murojaat qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Unga «boshning ensa chap sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi» tashxisi qo‘yilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.