AQSH Eksport-import bankining kreditlar va ishbilarmonlikni rivojlantirish bo‘yicha katta vakili Duglas Fray 15−19 may kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasiga tayangan holda.

Tashrif doirasida 16−17 may kunlari Navoiydagi birinchi O‘zbekiston-Amerika-Kanada biznes forumida ishtirok etadi.

Duglas Fray Moliya, Qishloq xo‘jaligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «Asaka» va «O‘zsanoatqurilishbank» banklari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Uchrashuvlarda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyida AQSHga tashrifi vaqtida Milliy bank va Eksimbank o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumiga muvofiq, O‘zbekiston bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan Amerika kompaniyalariga 100 mln dollargacha hajmda kreditlar ajratiladi.

O‘zbekiston va AQSH Eksimbanki 2017 yilning sentyabrida 13 yillik tanaffusdan so‘ng hamkorlikni qayta tiklagan edi.