O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Yayra Abdullayeva 89 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yayra Abdullayeva 1930 yilda Toshkentda dunyoga kelgan. Ilk bor «Boy ila xizmatchi» kartinasida suratga tushgan. 1964 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni, 2011 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.

Ko‘p yillar davomida O‘zbekiston milliy akademik teatrida faoliyat yuritgan.