2018 yil dekabrdan O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Xotambek Anvarovich Shokirov (1970 y. t.) Toshkent hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Xotambek Shokirov mazkur lavozimga may oyi boshida vazifasidan ozod qilingan Sherzod Xadjizadayev o‘rniga tayinlandi.

Alimardon Elomonovich Qarshiyev (1971 y. t.) Toshkent hokimining jamoatchilik va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. U 2011 yildan buyon Toshkent viloyati hokimining xuddi shu masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Alimardon Qarshiyev shahar hokimiyatining tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari lavozimiga o‘tkazilgan Shuhrat Turdiqulov bilan o‘rin almashdi.