O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida Sudyalar oliy kengashi qaroriga ko‘ra, birinchi besh yil muddatga sudyalik lavozimiga tayinlanganlarning qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Oliy sud raisi K.Komilov sudyalikning mas’uliyati, odil sudlovni amalga oshirishda faqat qonunga tayanish lozimligi haqida to‘xtalib, sudyalik lavozimiga kirishayotganlarga omad tiladi. Shundan so‘ng ilk bor sudyalikka tayinlanganlar qasamyod qabul qildi.

4 nafar ilk bor sudyalikka tayinlanganlarga sudyalik guvohnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi sudyalarining odob-axloq kodeksi kitobi topshirildi.