Bojxonachilar tovar-moddiy boyliklarni bojxona chegaralaridan noqonuniy olib o‘tilishi holatining oldini olishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan «Seul-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqarolar I.A. va O.A. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxslarning yuklari orasidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan umumiy qiymati 37 million so‘mlik 150 dona sifati kafolatlanmagan ayollar kosmetika vositalari, 600 dona avtomashina yoritgichlari, 68 dona qo‘l telefoni, 7 dona planshet va 17 dona noutbuk va boshqa tovarlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.