Qarshi hokimiyati shahar logotipini tasdiqladi, deya xabar berdi shahar ma’muriyati «Gazeta.uz"ga. Unda suv yig‘ishga mo‘ljallangan sardoba tasvirlangan.


Yer tubiga tushgan va tosh bilan yopilgan sardoba basseynida ichimlik suvini saqlangan hamda undan foydalanilgan. Bu kabi omborda suv yilning eng issiq davrida ham muzday holda turgan.

«Buyuk Ipak yo‘lining alohida uchastkalarida sardobalari bo‘lishi shart bo‘lgan», — deyiladi xabarda. Mazkur ajoyib arxitektura qurilmasi eramizning X asridan mashhur bo‘lgan.

Logotipga «The center of history» («Tarix markazi») shiori ham yozilgan. Qarshi Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan bo‘lib, 2006 yilda 2700 yilligi nishonlangan.