Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi binosi yonida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Vatan uchun jon fido qilgan mard o‘g‘lonlar siymosi aks ettirilgan «Xotira monumenti» ochildi. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur majmuada ichki ishlar tizimida samarali xizmat qilib, jinoyatchilarni qo‘lga olish, zararsizlantirish hamda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan 15 nafar fidoyi inson siymosi aks ettirilgan.