O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyuldagi farmoyishiga asosan Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanida «Damashi» kanalining uzunligi 1 100 metr bo‘lgan qirg‘oq bo‘yi mintaqasida keng miqyosda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, «Soy bo‘yi» sayilgohi barpo etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur maqsadlar uchun Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan zarur miqdorda mablag‘lar ajratildi.

Kanal qirg‘oq bo‘yi mintaqasi 7 ta lotga bo‘linib, ularda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ham turli xil restoranlar, dam olish maskanlari, kovorking markazi, fitness klubi va boshqa bir qator ob’ektlar hamda jahonga mashhur Eyfel va Piza minoralari, Luvr piramidasi va boshqa shunga o‘xshash ob’ektlar maketlari barpo etildi.

Shuningdek, muhtaram prezident tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida parkka tutash hududda aholi uchun qulay kutubxona barpo etildi.

Joriy yil 9 may kuni ushbu sayilgohning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tib, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan faxriylarimiz uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.