Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini ratifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi qonun 2019 yil 8 may kuni prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur konvensiya 2001 yil 22 mayda Stokgolm shahrida qabul qilingan.

Bugungi kunda 182 ta davlat konvensiya ishtirokchisi hisoblanadi.