Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Axborot resurs markazida kitoblarni QR-kodlar yordamida maxsus tablolarda joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish hamda o‘qish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegram kanali xabar berdi.

Barcha kitoblar arm.navoiy-uni.uz saytidan yuklab olinmoqda. Maxsus kod orqali yuklab olish mumkin bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati muntazam ravishda kengayib boradi.

Mazkur qulay imkoniyat talabalarning qimmatli vaqtlarini tejashga va bo‘sh vaqtlarini ko‘proq kitob mutolaasiga yo‘naltirishlariga imkon berishi tabiiy.

Kitobxonlik davlat miqyosida targ‘ib etilayotgan hozirgi vaqtda yuqorida qayd etilgan qulaylik yosh kitobsevarlar uchun ayni muddao bo‘ldi.