Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent botanika bog‘ida tashkil etilgan Ikkinchi jahon urushi yillari harbiy texniklari va qurol-yarog‘lari ko‘rgazmasi 11−12 may kunlari ham davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vaziriligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Dam olish kunlari bog‘ 10:00 dan ish boshlaydi, kirish bepul.

Tashrif buyuruvchilar T-34, IS-2 tanklari, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari hamda Shoahmad Shomahmudov oilasiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalarni tomosha qilishlari mumkin. Soat 10:00, 12:00, 14:00, 16:00 va 18:00 da spektakl namoyishlari bo‘lib o‘tadi.