Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun anketa shaklini tasdiqlash haqidagi buyruq loyihasini muhokama uchun e’lon qildi.

Taklif etilayotgan shakl soddalashtirilgan va bir sahifadagi 11 banddan tarkib topgan. Anketa endilikda yashash joyi yoki mahalla qo‘mitasi (ishlamaydiganlar uchun) tomonidan tasdiqlanishi shart emas. Uni ma’lumotlarni yig‘ish shoxobchasi xodimi to‘ldiradi.

Anketada familiya, ism va otasining ism, jins, tug‘ilgan sana va joy, telefon raqami va elektron pochta manzili, O‘zbekiston fuqarosi pasporti to‘g‘risidagi ma’lumotlar, so‘nggi besh yilda ish (o‘qish, xizmat) davrida davlat siriga taalluqli ma’lumotlar bilan tanishish uchun rasman ruxsatnoma rasmiylashtirilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar va turmush o‘rtog‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan bolalar uchun xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun alohida anketa shakli ham taklif etilmoqda.

O‘zbekistonda 1 yanvardan avvalgi amal qilish muddati ikki yil bo‘lgan xorijga chiqishga ruxsat beruvchi qayd o‘rniga xorijga chiqish pasporti joriy etildi.