UFC prezidenti Dana Uayt yana Konor MakGregor hamda Donald Serrone o‘rtasidagi jangni tashkil qilish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

«Reja bo‘yicha yaqin orada Konor bilan uchrashamiz. O‘ylaymanki, unda biz kelajak bo‘yicha aniq bir qarorga kelamiz.

O‘ylaymanki, Kovboyga qarshi jangning ahamiyati bor. Bu qiziq g‘oya. Bizda Konor uchun bir necha variant bor. Uning o‘zi Serrone bilan jang qilish istagi borligi haqida gapirgan.

Hozir u nima haqida o‘ylayotganini bilmayman, ammo ushbu jang o‘ziga xos ahamiyatga ega", — dedi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali MMAdagi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qilgandi.