Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joriy yil 6 mayga o‘tar kechasi Zangiota tumanida yashovchi, ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi 39 yoshli Sh. I. mast holda Chortoq mahallasi Yangihayot 4-tor ko‘chasi raqamsiz uyda o‘zaro janjal sabab shu uyda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ustani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida yashagan 57 yoshli R.Sh.ning yuzi va tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, R.Sh. olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan. Sh. I. esa ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.