2019 yil 6 may kuni soat 21:40 larda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.U. tanishi S.U. bilan narda o‘yini o‘ynab o‘tirib, o‘zaro janjallashgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ular S.U.ning boshqaruvida bo‘lgan avtomashinaga o‘tirishib, ko‘p masofa yurmasdan, avtomashina ichida o‘zaro janjalni davom ettirishib, S.U. avtomashinani to‘xtatganida, A.U. avtomashinadan tushib S.U.ni urgan vaqtida, u avtomashinasidagi pichoq bilan A.U.ning chap ko‘krak qismiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.U. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.