Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.B., Q.D. va M.Sh. «Imperator Nikolay-I» tamg‘ali 10 nominal qiymatdagi oltin tangalarni har birini 4,2 mln. so‘mdan hisoblab, jami 7 dona oltin tangalarni 29,4 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.