XFN promousheni bilan hamkorlikni to‘xtatgan O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov shu kunlarda yangi promoushen bilan rasman shartnoma imzolaydi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.
Uning yangi promoushen bayrog‘i ostidagi jangi 8 iyun kuni Slovakiya poytaxti Bratislava shahrida bo‘lib o‘tadi. Hozircha raqib nomi ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, Mahmud Murodov 7 iyun kuni Chexiyaning Praga shahridagi O2 arenasida mezbon sportchi Kinglga qarshi jang qilishi lozim edi. Lekin keyinchalik ushbu jang bekor qilingandi. Bunga Mahmudning XFN bilan hamkorlikni to‘xtatgani sabab bo‘lgan edi.