2019 yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida «Qozog‘iston ta’lim kunlari» deb nomlangan ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegram kanali orqali xabar berildi.

«Qozog‘iston ta’lim kunlari» ko‘rgazmalari shu yilning 10−21 may kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Nukus shaharlarida bo‘lib o‘tadi:

Toshkent shahrida 10−11 may kunlari Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (Yakkasaroy tumani, Bobbur ko‘chasi 45-uy) da;

Samarqand shahrida 13−14 may kunlari Yoshlar markazida;

Qarshi shahrida 15−16 may kunlari Yoshlar markazida;

Buxoro shahrida 16−17 may kunlari Yoshlar markazida;

Nukus shahrida 20−21 may kunlari Yoshlar markazida.

Ko‘rgazmalar soat 10:00dan 17:00gacha faoliyat ko‘rsatadi. Ularda Qozog‘istonning 40 dan ortiq OTM vakillari ishtirok etadi.

Tadbirlarda Qozog‘iston Respublikasining oliy ta’lim bo‘yicha imkoniyatlari namoyish etilib, mamlakatning yetakchi ekspertlari tomonidan taqdimotlar o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmalarga kirish bepul, unda barcha xohlovchilar qatnashishi mumkin.