Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida 5-may kuni Qo‘rg‘ontepa tumanida yashagan 65 yoshli X.K. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasini Madaniyat mahalla hududida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yerda harakatlanib kelayotgan Xo‘jaobod tumanida yashovchi 30 yoshli J.A. boshqaruvidagi “NOWO” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada “Damas” avtomashinasi yo‘lovchisi, haydovchining turmush o‘rtog‘i 60 yoshli A.K. jarohat olib voqea joyida va haydovchi kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. Shuningdek qolgan yo‘lovchilari, haydovchining kelini 32 yoshli M.T. va uning 2 yoshli qizi S.X. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.