O‘zbekiston Milliy gvardiyasi hamda Xitoy Xalq qurollangan militsiyasi o‘rtasida Jizzax viloyati «Forish» poligonida «Hamkorlik-2019» aksilterror o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar qildi Milliy gvardiya matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Milliy gvardiya boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuhrat G‘aniyevning ma’lum qilishicha, mashg‘ulotlar uch bosqichda o‘tkaziladi: 1-bosqich — yakka tartibdagi tayyorgarlik, 2-bosqich — guruh tarkibidagi va 3-bosqich — vzvodlar tayyorgarligi. Harbiy-o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligi taxminan ikki hafta bo‘ladi.

Mehmonlar ekstremal sharoitlarda Milliy gvardiya texnikalari va qurolari bilan tanishdi. Xitoy Xalq qurollangan militsiyasiga qo‘l jangi va mototsikllarni boshqarish mahorati namoyish etildi.

Foto