3−5 may kunlari Toshkentda ilk bor Landshaft Open landshaft san’ati festivali bo‘lib o‘tdi. Festival Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona yaqinida Istiqlol va Zarafshon ko‘chalarida o‘tkazildi.

Tadbir Toshkent hokimiyati tashabbusi bilan tashkil etildi, deya xabar qildi poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga. Festivalga gullar Flowers Garden issiqxonalaridan yetkazib berildi.

Festivalga taqdim etilgan gullar orasida katarantus, barxitlar, «gou-gou», «bada bum» va «bada bing» begoniya navlari, petuniya, georginlar, lobulyariya, salviya, chinnigul, pelargoniya va sher og‘zi kabilar o‘rin oldi. Jami 2 mln tupga yaqin guldan foydalanildi.

Festival doirasida kelinlar paradi ham tashkillashtirildi.

Uch kun davomida festivalga 200 mingga yaqin kishi tashrif buyurdi.

Foto