Hukumatning 2019 yil 6 maydagi qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Nizom bilan Eksportni rag‘batlantirish agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari belgilandi.

Shunga ko‘ra, eksport qiluvchilarni marketing, narx belgilash, transport logistikasi, sertifikatlash, standartlashtirish va sifat nazorati, soliq va bojxona ma’muriyatchiligi, chet el bozorlariga «yagona darcha» prinsipi orqali kirish masalalari bo‘yicha axborot va maslahat bilan qo‘llab-quvvatlash Agentlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Agentlik direktori Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining taqdimnomasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash vazir tomonidan tasdiqlanadigan baholash mezonlari va ishchi indikatorlari asosida amalga oshiriladi.