Alisher Xabibullayevich Abdualiyev O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi. Tayinlovga qadar — yanvardan — u tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Alisher Abdualiyev (1965 y. t.) Toshkent davlat universitetining falsafa-iqtisodiyot fakultetini (1989) va O‘zbekiston Milliy universitetining huquqshunoslik fakultetini (2005) tamomlagan.

Turli yillarda u Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti, Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha yig‘ma hisobot-tahlil departamenti hamda Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha yig‘ma axborot-tahlil departamentlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i (2008−2012) hamda O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi lavozimlarida mehnat qilgan.