Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisida Bahrom Boboyev O‘zbekistonning Polshadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Bahrom Boboyev tayinlovga qadar O‘zbekistonning Polshadagi elchisi maslahatchisi, shuningdek MDH va Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.