6 may kuni ertalab holatiga ko‘ra, 5 may kuni Moskvaning Sheremetevoda samolyotning favqulodda qo‘nishi natijasida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

Bu ma’lumotni tergov olib borayotgan huquqni muhofaza qilish organlari O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limiga tasdiqladi, deya xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, «Aeroflot» aviakompaniyasining Sukhoi Superjet samolyoti dvigatelida yong‘in kelib chiqqani sababli Sheremetevo aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi. 41 kishi halok bo‘ldi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlarga hamdardlik bildirdi.