O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarini Hindiston va Bangladeshda «Fani» sikloni ta’siridagi hududlarga borishni vaqtincha to‘xtatishga chaqirdi.

Juma kuni Hindistonning Orisso shtatiga yopirilgan siklon qurbonlari soni 29 nafarga yetdi, deya xabar berdi RIA Novosti.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, siklon natijasida 2 milliondan ziyod kishi xavfli hududdan evakuatsiya qilindi. Hududda davlat muassasalari, aeroportlar yopildi, poyezdlar va boshqa transportlar harakati to‘xtatildi.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi telefon raqamlari: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.