«Soliq kodeksining 375-moddasiga ko‘ra, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o‘n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tsa, ro‘yxatdan o‘tgan sanadan boshlab, qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan 6 oy muddatga ozod etiladi» deb belgilangan. Mazkur tartib 2015 yilning 1 yanvardan buyon amalda bo‘lib, talaygina yoshlarimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun qulaylik yaratgan. Bu haqda DSQ matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Sirdaryo viloyatida mazkur imtiyozdan 2015 yilda 12 nafar, 2016 yilda 78 nafar, 2017 yilda 321 nafar, 2018 yilda 256 nafar bitiruvchi yoshlar foydalangan va tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish uchun imkoniyatga ega bo‘lgan.